Eron Oliy Rahbari
| Eron Islom Respublikasi Oliy Rahbari | |
|---|---|
| رهبر جمهوری اسلامی ایران | |
|
Eron gerbi | |
|
Eron bayrogʻi | |
|
2026-yil 8-martdan beri | |
| Oliy Rahbar ofisi | |
| Murojaat usuli | Hazratlari |
| Turi |
Davlat boshlig‘i (de-fakto) Eron Islom Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Davlatning uch tarmog‘i — sud, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning vaqtinchalik rahbari. |
| Qarorgoh |
Jamaron Husayniyasi (sobiq) Rahbarlik uyi (amalda) |
| Ish joyi | Tehron |
| Tayinlovchi | Ekspertlar assambleyasi |
| Lavozim muddati | Umrbod[2] |
| Tartibga soluvchi hujjat | Eron Konstitutsiyasi |
| Oʻtmishdoshi | Eron Shohi |
| Taʼsis etilgan sanasi |
1979-yil 5-fevral (Inqilobiy Rahbar sifatida) 1979-yil 3-dekabr (Oliy Rahbar sifatida) |
| Ilk lavozim egasi | Ruhulloh Xumayniy |
| Norasmiy nomlari | Inqilobiy Rahbar (1979-yil 5-fevral – 3-dekabr) |
| O‘rinbosar(lar)i | Katta Oyatulloh Husayn Ali Muntaziriy (1985-yil 15-iyul – 1989-yil 25-aprel) |
| Vebsayt | www.leader.ir |
Eron Islom Respublikasi Oliy Rahbari (forscha: رهبر جمهوری اسلامی ایران) — Erondagi yuqori davlat mansabi. «Viloyati faqih» doktrinasi asosida asos solingan. Oliy Rahbar davlatning eng asosiy lideri boʻlib hatto davlat Prezidentidan yuqori hisoblanadi. Hozirgi paytda Eron Oliy Rahbari lavozimiga Ali Xomanaiy ega hisoblanadi.
Mansab
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eron Konstitutsiyasining 5-moddasiga koʻra, «Valiye-Asr (shia mazhabidagi musulmonlar tomonidan kutiladigan messiya) kelishi paytida, Eron Islom Respublikasida umma va jamiyat ustidan boshqaruv, adolatli, xudotars, zamon talablaridan xabardor, jasur, dono, faqix (diniy rahbar) sifatiga loyiq inson Eron konstitutsiyasining 107-moddasiga koʻra saylanadi»[3].
Oliy Rahbar islom qonunlari boʻyicha har xil fatvolar berish huquqiga ega boʻladi. Faqat Oliy Rahbardan soʻnggina Prezident davlatning ikkinchi lideri hisoblanadi. Oliy Rahbar har sakkiz yilda ekspertlar kengshiga aʼzo ulamolar tomonidan saylanadi.
| № | Oliy Rahbar | Lavozimi boshlanishi davri | Lavozimi tugashi davri | |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Ruhulloh Xumayniy | 1979-yil 25-fevral | 1989-yil 3-iyun | |
| 2 | Ali Xomanaiy | 1989-yil 4-iyun | 2026-yil 1-mart | |
| 2 | Mujtabo Xomanaiy | 2026-yil 8-mart | hozir | |
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „‘Projectile’ kills 2 in Saudi Arabia as Iran attacks on the Gulf continue“ (en). Al Jazeera. Qaraldi: 2026-yil 8-mart.
- ↑ „Iran's possible next Supreme Leader being examined: Rafsanjani“ (2015-yil 13-dekabr). 2015-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-iyul.
- ↑ „Конституция Исламской Республики Иран“. Конституция Исламской Республики Иран (15 ноября 1979 г.). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.