Kontent qismiga oʻtish

Hamna binti Jahsh

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hamna binti Jahsh
حمنة بنت جحش
Tavalludi
Vafoti 641
Madina
Dafn etilgan joyi Madina
Mashhur ishlari Sahoba
Boshqa nomlari binti Jahsh
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari
Otasi Jahsh ibn Riyob
Onasi Umayma bint Abd al-Muttalib
Qarindoshlari

Hamna binti Jahsh yoki Hammna (arabcha: حمنة بنت جحش) — sahoba.

Hamna Banu Asad qabilasidan Makkaga hijrat qilgan[1] Jahsh ibn Riyob va Umayma bint Abdulmuttalibning qizi boʻlgan. Umayma Quraysh qabilasining Banu Hoshim urugʻi aʼzosi boʻlib, islom paygʻambari Muhammadning ammasi edi. Shu bois Hamna paygʻambar Muhammad va Alining amakivachchasi, Hamza ibn Abdulmuttalibning jiyanidir. Abdulloh ibn Jahsh, Ubaydulloh ibn Jahsh va Zaynab binti Jahsh uning aka-opa (yoki uka-singil)lari boʻlgan.

Hamna islomni qabul qilganida Musʼab ibn Umayrga turmushga chiqqan edi. Soʻngra Madinaga hijrat qilgan, Ansor hamda Muhojirun ayollari paygʻambar Muhammadning qoʻl ostida bayʼat qilganlarida ular orasida Hamna ham bor edi.

U Uhud jangida qatnashib, suv tashigan va yaradorlarni davolagan. Bu jangda uning eri Mus’ab halok boʻlgan. Paygʻambar Muhammad Uhuddan qaytgach, ayollar jang qurbonlari haqida soʻray boshladi. Paygʻambar: „Ey Hamna! Akang Abdulloh ajr olishini kut!“ deb javob berdi. Hamna: „Biz Allohnikimiz va unga qaytuvchimiz. Alloh unga rahm qilsin va uni magʻfirat etsin“, deb javob berdi. Soʻng Muhammad paygʻambar: „Amaking Hamza ibn Abdulmuttalib ajr olishini kut!“ dedi. U yana xotirjam qolib, oʻsha javobni berdi. Keyin paygʻambar: „Ey Hamna! Ering Mus’ab ibn Umayr ajr olishini kut!“ dedi. Shunda Hamna qichqirib, faryod qildi. Paygʻambar Muhammad: „Ayol uchun eri alohida oʻringa ega, buni akasi va amakisining oʻlimida oʻzini tutib, eri uchun qichqirib yuborganidan ham koʻrish mumkin“, dedi[2].

Hamna ikkinchi bor mashhur musulmon sarkarda Talha ibn Ubaydullohga turmushga chiqdqan[3]. Talha Ashari mubashsharadan yaʼni Muhammad paygʻambar tiriklik chogʻidayoq jannat vaʼda qilgan oʻn kishi qatorida boʻlgan. Hamna va Talhaning Sajjad nomi bilan tugʻilgan, asli ismi Muhammad hamda Imron ismli oʻgʻillari boʻlgan.

Hamnaning vafot yili nomaʼlum. Biroq u hijriy 20-yilda (milodiy 641) vafot etgan opa/singlisi Zaynabdan uzoq umr koʻrgan.

  1. Muhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 116. Oxford: Oxford University Press.
  2. Muhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 389. Oxford: Oxford University Press.
  3. Sahabah