Abdusamad Doʻrmonov
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Abdusamad Chorshanbiyevich Doʻrmonov | ||
| Tavallud sanasi | 15-noyabr 1965-yil | ||
| Tavallud joyi | Termiz Oʻzbekiston SSR | ||
| Vafot sanasi |
3-may 2026-yil (60 yoshda) | ||
| Vafot joyi | Fargʻona, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.77 cm (1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1982—1984 | Surxon | 64 | (7) |
| 1985—1986 | Lokomotiv (Chita) | 45 | (3) |
| 1987 | Surxon | 22 | (7) |
| 1987—1989 | Paxtakor | 64 | (3) |
| 1990—1991 | Surxon | 72 | (19) |
| 1992—2002 | Neftchi (Fargʻona) | 274 | (15) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1992—1994 | Oʻzbekiston | 7 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2003—2014 | Neftchi (Fargʻona) (yordamchi) | ||
| 2014—2015 | Yozyovon Lochinlari | ||
| 2015—2020 | Neftchi (Fargʻona) (yordamchi) | ||
| 2021 | Istiqlol Fargʻona | ||
| 2022—2024 | FarDU (yordamchi) | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Abdusamat Chorshanbiyevich Doʻrmonov (1965-yil 15-noyabr, Termiz[1] — 2026-yil 3-may[2] Fargʻona) — sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, Fargʻonaning „Neftchi“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1982-yildan „Avtomobilist“ (Termiz) jamoasida oʻynay boshlagan.
1985-yilda „Surxon“ jamoasidagi sherigi Shuhrat Xoʻjaqulov bilan birga „Lokomotiv“ (Chita) klubiga oʻtgan. Yangi jamoada 2 yil davomida 45 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan.
„Paxtakor“ (Toshkent) va „Neftchi“ (Fargʻona) jamoalarida oʻynagan.
„Neftchi“ jamoasi tarkibida besh karra Oʻzbekiston chempioni (1992, 1993, 1994, 1995, 2001), ikki karra Oʻzbekiston kubogi sohibi (1994, 1996), shuningdek, Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori boʻlgan (1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003).
Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 7 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan 4 tasi 1994-yilgi yozgi Osiyo oʻyinlarining final turnirida boʻlgan. Finalda Xitoy termasiga qarshi kechgan oʻyinda barcha 90 daqiqani maydonda oʻtkazgan va jamoa bilan musobaqaning bosh sovrinini qoʻlga kiritgan.
2002-yilda faoliyatini yakunlagan.
2014-yil oktyabr oyida Oʻzbekiston chempionati ikkinchi devizionida oʻynagan „Yozyovon Lochinlari“ jamoasiga bosh murabbiy sifatida qabul qilingan[3]. Unda bor-yoʻgʻi bir oy vaqt mobaynida, u jamoani birinchi ligaga bir qator „oʻq kabi“ oʻyinlari orqali olib chiqgan.
2015-yilning aprel oyi boshida Doʻrmonov boshchiligidagi jamoa mavsumni „Sharq“ hududiy zonasida birinchi ligada boshladi. Birinchi bosqich yakuniga koʻra, „Yozyovon Lochinlari“ Sharqiy zona turniri jadvalida sakkizinchi oʻrinni egalladi va shu tariqa birinchi liganing ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Biroq, bu vazifa muvaffaqiyatli hal etilganiga qaramay, 2015-yilning avgustida bosh murabbiylikdan ozod etildi[4].
2015-yilning dekabr oyidan ukasi Rustam Doʻrmonov bilan „Neftchi“da murabbiy sifatida ishlab kelmoqda[5][6][7][8][9][10][11].
2026-yil 3-mayda vafot etgan[12].
Davlat mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdusamad Doʻrmonovning ukasi Rustam Doʻrmonov ham asosan akasi bilan bir vaqtda „Neftchi“ (Fargʻona) klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan. Yana bir ukasi Ravshan asosan Termizning „Surxon“ klubidagi oʻyinlari bilan tanilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Abdusamad Doʻrmonovni tabriklaymiz!“ (15 noy 2016).
- ↑ „Abdusamad Doʻrmonov vafot etdi“ (2026-yil 3-may).
- ↑ „Asad Doʻrmonov “Yozyovon-Lochinlari” bosh murabbiyi“ (16 okt 2014).
- ↑ „Abdusamad Doʻrmonov istefoga chiqdi“ (06 avg 2015).
- ↑ „Abdusamad Doʻrmonov “Neftchi”ga qaytdi“ (14 dek 2015).
- ↑ „Abdusamad Doʻrmonov “Surxon” bosh murabbiyi“ (2018-yil 27-yanvar).
- ↑ „Doʻrmonov endi Iftixorda“ (2018-yil 2-mart).
- ↑ „Abdusamad Doʻrmonov yana “Neftchi”ga qaytdi“ (08 iyu 2018).
- ↑ „"Iftixor" bosh murabbiyi oʻz lavozimini tark etdi, sababi...“ (13 iyu 2018).
- ↑ „Rasmiy xabar. Abdusamad Doʻrmonov lavozimidan ozod etildi“ (05 dek 2020).
- ↑ „Farg‘onadagi turnirda futbol faxriylari maydonga chiqdi“ (26 oktabr 2022).
- ↑ „Oʻzbek futboli afsonasi Abdusamad Doʻrmonov olamdan oʻtdi.“ (2026-yil 3-may).
- ↑ OʻZBYeKISTON RYeSPUBLIKASI PRYeZIDYeNTINING FARMONI RYeSPUBLIKANING BIR GURUH SPORTChILARINI VA SPORT USTOZLARINI MUKOFOTLASh TOʻGʻRISIDA Lex.uz 05.11.1994
Havolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 15-noyabrda tugʻilganlar
- 1965-yilda tugʻilganlar
- Termizda tugʻilganlar
- 3-mayda vafot etganlar
- 2026-yilda vafot etganlar
- Fargʻonada vafot etganlar
- Yashayotgan insonlar
- Shuhrat medali sohiblari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Surxon klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- FC Chita futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 1994 futbolchilari
- Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
- Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- SSSR birinchi ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari
- Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari
- Neftchi futbol klubi murabbiylari
- Yozyovon klubi murabbiylari
- Istiqlol Fargʻona klubi murabbiylari
- FarDU klubi murabbiylari
- Iftixor klubi murabbiylari
- Surxon murabbiylari
